Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Bahrom G‘asamiy AQSh terrorizm himoyachilarini aniqlashda xato qilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Eronni terrorizmning himoyachisi deb takroriy ravishda ayblash, mazkur hodisa (terrorizm)ning ildizini, moliyaviy va g‘oyaviy manbalarini aniqlashda noto‘g‘ri manzilni ko‘rsatish terrorizmga qarshi xalqaro kurash samara bermayotganligining asosiy sabablaridir. Bu tarzda xato manzil ko‘rsatilishining so‘nggi namunalaridan biri AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettisning yaqinda Londonda aytgan so‘zlari bo‘ldi”, — dedi eronlik diplomat.
G‘asamiy Amerika rasmiy shaxslari tomonidan olib borilayotgan siyosatni “xalqaro jamoat fikrini adashtirib, terrorizmning asl homiylarini berkitayotgani uchun xavfli” ekanligini qayd etdi.
“AQSh va boshqa ayrim mamlakatlar ekstremizm va vahobiylik tarqalishining asl sabablariga e’tibor qaratmas ekan, terrorizmni yo‘q qilishga umid qilmasa ham bo‘ladi”, — deb ta’kidladi Eron TIV vakili.
U Amerika rasmiy shaxslarini Eronni asoslanmagan so‘zlar bilan ayblash o‘rniga, “terrorchilik guruhlariga katta yordam berayotgan AQShning mintaqadagi ayrim ittifoqdoshlari va do‘stlariga e’tibor qaratish”ga chaqirdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)