AQShda 100 yoshli erkakning sobiq ish beruvchisi uning tug‘ilgan kunida avvalgi ishida 1 kun ishlab ketishi uchun qo‘ng‘iroq qilib chaqirdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Uch yil avval Nyu-Jersi shtatida istiqomat qiluvchi Bill Xansen konditsioner va isitish tizimini o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi Hutchinson Plumbing, Heating and Cooling kompaniyasida quvur o‘rnatuvchi bo‘lib ishlagan edi.
Pensioner ishsiz o‘tirishni yomon ko‘rganini aytdi. 32 yil davomida bitta kompaniyada faoliyat yuritgan 100 yoshli erkak sobiq ish joyiga qaytishni orzu qilgandi.
Xansen 100 yoshga to‘lganida kompaniya rahbari Fred Xatchinson uning orzusini ro‘yobga chiqardi. Keksa erkak Hutchinson Plumbing, Heating and Cooling kompaniyasiga chaqirildi, direktor unga kun davomida bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxatini tuzib berdi, uning sobiq hamkasblari esa yubilyarni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.Bill Xansen bir kun davomida ishlagani uchun rasmiy ish haqi – 1 dollar ishlab oldi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)