28-mart kuni bo‘lib o‘tgan Portugaliya — Shvetsiya (2:3) uchrashuvidan keyin Krishtianu Ronaldu terma jamoasi uchun urgan gollari sonini 71 taga yetkazib oldi.
Shvetsiyaga qarshi mag‘lubiyat bilan yakuniga yetgan o‘yinda Krishti hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgandi. 71 ta gol urish uchun “Real Madrid” a’zosi 138 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Bu holat 32 yoshli futbolchini termasi uchun gol urgan futbolchilar reytingida kuchli o‘nlikka olib kirdi.
Germaniya termasining endilikdagi sobiq hujumchisi Miroslav Kloze, Tailand termasining sobiq a’zosi Kiatisak Senamuang, Saudiya Arabistoni safidagi o‘yinlari bilan tanilgan sobiq futbolchi Majid Abdulla ham 71 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, o‘z termasi uchun gol urishda hech bir futbolchi eronlik Ali Dayining rekordini yangilay olmagan. O‘z vaqtida O‘zbekiston termasi bilan o‘yinda xet-trik qilgan hujumchi forslar uchun 149 ta o‘yinda ishtirok etib, 109 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)