Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasida to‘p surgan germaniyalik yarim himoyachi Bastian Shvaynshtayger AQShning MLS ligasi vakili — “Chikago Fayr” klubi bilan “1+1” ko‘rinishida shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.
Metro nashrining ma’lum qilishicha, AQSh vizasini olishga muvaffaq bo‘lgan 32 yoshli futbolchi tennischilik faoliyatini yakunlagan turmush o‘rtog‘i Ana Ivanovich bilan Chikago shahriga yetib bordi.
“MYu” bosh murabbiyi Joze Mourinyoning ishonchini qozona olmagan Bastian Shvaynshtayger Chikagoda qahramonlarcha kutib olindi. Tajribali futbolchining yangi klubdagi yillik maoshi 4,5 million dollarga teng bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, futbolchilik faoliyatining asosiy qismini Germaniyaning “Bavariya” klubida (2002—2015) o‘tkazgan Shvaynshtayger 2015-yilning yozida “MYu”ga kelib qo‘shilgan edi. U Angliya Premyer-ligasi doirasida jami 18 uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)