O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Janubiy Koreya bosh vaziri o‘rinbosari, ta’lim vaziri Li Jun Suk rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, birgalikda yangi qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi tajribalaridan ko‘plab davlatlar namuna olsa arziydi. Mamlakatingizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va kadrlarning yangi avlodini shakllantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston—Janubiy Koreya hamkorligi ko‘plab sohalarda izchil rivojlanayotgani bizni g‘oyat quvontiradi. Do‘stlik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan aloqalarimizni yanada mustahkamlash, istiqbolli loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish tarafdorimiz.“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!Li Jun Suk, Janubiy Koreya bosh vaziri o‘rinbosari, ta’lim vaziri
Izoh (0)