Britaniya hukumati Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Starjenning bayonoti va Shotlandiya parlamentining mustaqillik bo‘yicha qayta referendum o‘tkazish haqidagi qaroriga javob qaytardi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
London 2018-yil oxiri yoki 2019-yilning boshida referendum o‘tkazish bo‘yicha muzokaralarga kirishmasligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Edinburg parlamenti birinchi vazir Nikola Starjenga Shotlandiyaning Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lib chiqishi uchun qayta referendum o‘tkazish bo‘yicha mandatni taqdim etdi. Uni 2018-yilning ikkinchi yarmi yoki 2019-yil boshida o‘tkazishga chaqirishdi.
Izoh (0)