Meksika shimolidagi Tamaulipas shtatida jinoyatchilarning politsiya patruliga uyushtirgan hujumi oqibatida bir politsiyachi halok bo‘ldi va yana biri jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Politsiyaning javob hujumi bilan 3 nafar jinoyatchi o‘ldirildi.
Rasmiylarga ko‘ra, jinoyatchilar avtomatik qurol va zirhli nimchadan foydalangan. Ularning qaysi jinoiy guruhga mansubligi ma’lum qilinmadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)