Kuba davlat kengashi raisi Raul Kastro Gavanada 78 yoshida vafot etgan kichik singlisi Agustina Kastroning dafn marosimida ishtirok etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Agustina Kastro bilan vidolashuv Olgin provinsiyasidagi Biran manzilida bo‘lib o‘tdi. Gavanadan 750 kilometr uzoqlikdagi aynan shu joyda aka-singil Kastrolar dunyoga kelgan, hozirda esa muzey faoliyat ko‘rsatmoqda.
Dafn marosimida faqat marhumaning eng yaqin qarindoshlari ishtirok etdi. Qabrga Raul Kastro va uning Meksikadan kelgan singlisi Enma gullar qo‘ydi.
Endi 7 nafar Kastrolardan 3 nafari hozirda hayot: 85 yoshli Raul, AQShda yashovchi 83-yoshli Xuanita va 82 yoshli Enma. Fidel Kastro va uning katta akasi Ramon o‘tgan yili, singillari Anxela esa 2012-yilda olamdan o‘tgandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)