Alabamalik xakerlar Chexiya prezidenti Milosh Zemanning shaxsiy kompyuteriga buzib kirdi va uning ichiga nomaqbul videolar joylashtirdi. Bu haqda Chexiya prezidentining o‘zi Praganing Frekvence-1 radiokanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Taxminan, 1 yil avval Lana qasri (Chexiya prezidentlarining Pragadagi qarorgohi)dagi kompyuterimga kimdir bolalar pornografiyasi sahifalarini yuklab qo‘ydi.Prezident kompyuter xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislarni Pragadan chaqirtirdi va kiberhujumni kim uyushtirganini aniqlashni talab qildi.Milosh Zeman, Chexiya prezidenti
Kimni jinoiy javobgarlikka tortish kerakligini aniqlash uchun, ushbu sahifalar qanday qilib bu yerga tushib qolganini bilish kerak edi. Mutaxassislar menga ular AQShning Alabama shtatidan ekanini aytdi.Chexiyalik kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarning ta’kidlashicha, xakerlik hujumi AQShdan amalga oshgani uchun aybdorlarni javobgarlikka tortishning imkoni yo‘q.Milosh Zeman, Chexiya prezidenti
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)