Rossiya—2018 mundiali uchun harakat qilayotgan Janubiy Amerikaning 10 ta mamlakati 13-tur uchrashuvlarida maydonga tushdi.
Markaziy o‘yin Urugvay hamda Braziliya o‘rtasida kechib, unda pentakampionlar yirik g‘alabaga erishdi. Edinson Kavani hisobni ochgan o‘yinda Neymar 1 ta, Poulinyo 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Demak, Xitoy chempionatida to‘p surib ham Braziliya safida xet-trikka erishishning imkoni bor.
Argentina terma jamoasining Chiliga qarshi o‘yini ham katta qiziqishga sabab bo‘lgandi. O‘yinda Lionel Messining penaltidan urgan yagona goli argentinaliklarga g‘alaba keltirdi.
13-turdan keyin Braziliya terma jamoasi ta’qibchisidan 7 ochkoga ilgarilab ketdi va Jahon chempionati uchun dadil qadam tashlay oldi. Argentina termasi esa kuchli uchlikka kirib oldi.
JCh—2018. Saralash Janubiy Amerika. 13-tur 23-mart, payshanba
Izoh (0)