Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniyaning “Xoffenxaym” jamoasi bosh murabbiyi — 29 yoshli Yulian Nagelsmann Germaniya futbol ittifoqi talqini bo‘yicha 2016-yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.

Foto: Getty

Foto: Getty

2016-yilning fevral oyida Nagelsmann 28 yoshida “Xoffenxaym”ni o‘z boshqaruviga oldi va Bundesliga tarixidagi eng yosh bosh murabbiyga aylandi.

O‘tgan mavsumda Zinsxaym shahri jamoasi 15-o‘rinni egallab, Bundesligada jon saqlab qolgandi. Ayni vaqtda jamoa 45 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. Hisobida 62 ochko bo‘lgan “Bavariya” birinchi, “Leyptsig” (49 ochko) va “Borussiya Dortmund” (46 ochko) mos ravishda 2–3-o‘rinlarda bormoqda.

Murabbiylik faoliyatimning boshlang‘ich davrida qo‘lga kiritilgan ushbu sovrin menga ilhom keltirib, oldinga intilishga undaydi.

Yulian Nagelsmann, “Xoffenxaym” bosh murabbiyi

Qayd etish kerakki, “Xoffenxaym” sentabr oyida boshlangan 2016/17-yilgi mavsumning 2017-yil yanvar yakuniga qadar mag‘lubiyat nima ekanini bilmay kelayotgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Genotsidda gumonlanayotgan erkak, sohilga chiqib qolgan o‘lik akula, Rossiya kuniga tayyorgarlik — 9-iyun suratlari 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘ini: 3 kishi halok bo‘ldi, To‘qayev yong‘in zonasiga boradi (video)
Dunyo
Medvedev AQSHning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tdi va Oq uyni “jim bo‘lishga” chaqirdi