Kecha — 23-mart kuni JCh—2018 saralashida ishtirok etayotgan Germaniya va Angliya terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Bellashuv Dortmunddagi “Signal Iduna Park” stadionida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bellashuv germaniyalik hujumchi Lukas Podolski uchun terma jamoadagi so‘nggisi bo‘lib tarixga kirdi. Bosh murabbiy Ioxim Lyov nemislar uchun 130 ta o‘yin o‘tkazib, 49 ta gol urgan futbolchining terma bilan xayrlashuv uchrashuvi yuqori saviyada bo‘lishi kerakligini ta’kidlagandi.
31 yoshli Podolski Germaniya termasini sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. Ahamiyatli tomoni o‘yindagi yagona gol ham aynan Lukas tomonidan kiritildi. Uni stadionga tashrif buyurgan muxlislar olqishlar bilan terma jamoadan kuzatib qo‘ydi.
31 yosh hamma narsa tugadi degani emas. Biroq Podolski endi Germaniya terma jamoasi safida ko‘rinish bermaydi.
Ma’lumot uchun, Germaniya JCh—2018 saralashining “C” guruhida yuz foizlik natija bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Angliya “F” guruhida yetakchi, farqi 1 ta uchrashuvda durang qayd etgan.
O‘rtoqlik o‘yini 22-mart, chorshanba
Izoh (0)