Afg‘onistonning Qunduz viloyatida 23-mart, payshanbaga o‘tar kechasi politsiyachi 9 nafar hamkasbini otib o‘ldirdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Mahalliy OAVning politsiya matbuot kotibi Mahfuzulla Akbariyga tayanib ma’lum qilishicha, Qunduz–Aliobod shossesida huquq-tartibot xodimi to‘qqiz nafar hamkasbini otib o‘ldirdi hamda postdan qurol va o‘q-dorilarni olib, voqea joyidan yashirindi.
Taxminlarga ko‘ra, qotillikni amalga oshirgan politsiyachi hukumatga qarshi guruhlardan biriga aloqador bo‘lgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)