Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) mamlakat konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Germaniyada o‘tkazish rejalashtirilgan namoyishlardan voz kechdi.
Bu haqda partiyaning Kyolndagi muvofiqlashtiruvchi byurosi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Avvalroq Germaniya tomoni turkiyalik vazirlar ishtirokidagi ikki namoyishni taqiqlagani rasmiy Anqaraning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan edi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Germaniya kansleri Angela Merkelni “natsistlar metodi”ni qo‘llashda ochiqchasiga aybladi.
Bunga javoban, Germaniya hukumati rahbari Erdo‘g‘onning bu so‘zlarini “nomaqbul” deb atadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)