Bag‘dodda minalashtirilgan avtomobilning portlashi tufayli 23 kishi halok bo‘ldi, yana 45 kishi yaralandi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda, deb yozadi “Yevropeyskaya pravda”.
Terakt Bag‘dod janubi-g‘arbidagi ishchi tumanida kechasi yuz berdi.
Hujum uchun hech kim javobgarlikni zimmasiga olmadi, biroq Bag‘doddagi bundan avvalgi hujumlar IShID guruhi tomonidan amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 16-fevral kuni Bag‘dod janubiy qismida avtomobildagi bombaning portlashi oqibatida 59 kishi halok bo‘lgan, 66 kishiga jarohat yetgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)