Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqish jarayoni rasman boshlanishidan avval Birlashgan Qirollik butun xalqi bilan hamkorlik qilish rejasi doirasida bugun, 20-mart kuni Uelsga tashrif buyuradi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Yevropeyskaya pravda”.
Agentlikning ma’lum qilishicha, 20-mart, dushanba kuni Mey va Brexit bo‘yicha vazir Devid Devis Uels birinchi vaziri Karvin Jons va biznes vakillari bilan uchrashadi. Uchrashuvda Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqqandan so‘ng Uels qanday qilib ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lishi masalasi muhokama etiladi.
“Yevropa Ittifoqidan chiqa boshlaganimizda butun Buyuk Britaniya uchun amal qiluvchi kelishuvni ta’minlash uchun ish olib borishimni tushunaman”, — dedi Mey tashrifidan avval.
Avvalroq Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishini rasman boshlash uchun mart oyining so‘nggi haftasini kutishi ma’lum qilingan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)