Fransiya prezidentlik lavozimiga nomzodlar birinchi teledebatlarini o‘tkazadi. Bu haqda AFP xabar bermoqda, deb yozadi “Yevropeyskaya pravda”.
20-mart, dushanba kuni besh nafar raqobatchi teledebatlarda yuzma-yuz uchrashadi. Bu esa kim uchun ovoz berishini aniqlamagan ko‘p sonli saylovchilarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Birinchi teledebatlarda besh nafar asosiy nomzod: “Milliy front” partiyasi yetakchisi Marin Le Pen, mustaqil nomzod Emmanuel Makron, sotsialist Benua Amon, “So‘l partiya” raisi Jan-Lyuk Melenshon va Respublikachilar partiyasidan nomzod Fransua Fiyon uchrashadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)