AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan XXRda bo‘lib o‘tgan muzokaralar haqida gapirib berdi, deb xabar beradi “Kommersant”.
“Shimoli-Sharqiy Osiyo hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun birgalikda ish yuritish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, — dedi Reks Tillerson.
Shuningdek, tomonlar “xavfli daraja”ga yetgan holat — KXDR yadroviy dasturi solayotgan tahdidga nisbatan birgalikda qarshi turishga kelishib oldi. “Biz bir xil fikrdamiz — Koreya yarim orolidagi tanglik yuqori darajaga yetdi”, — deb ta’kidladi AQSh davlat kotibi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Reks Tillerson AQSh Shimoliy Koreya o‘z yadroviy dasturi bilan tahdid qilsa, barcha turdagi harakatlar, xususan, harbiy mojaro variantining ham ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)