Marokash rasmiylari IShID terrorchilik tashkiloti bilan aloqadorlikda gumon qilib, 15 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Hibsga olingan shaxslar portlovchi qurilmalarni tayyorlash haqida tushunchalarga ega bo‘lgan. Ular mamlakat hududida teraktlarni amalga oshirish uchun mazkur qurilmalarni tayyorlashda kerak bo‘ladigan materiallarni olishni rejalashtirgan”, — deyiladi Marokash ichki ishlar vazirligi bayonotida.
Jinoyatchilardan biri Kasablankada faoliyat olib borgan. U IShID jangarilari nomidan hujum uyushtirishga chaqirilgan videomurojaat tayyorlagan. Qolganlari taniqli shaxslarni o‘ldirish uchun o‘qotar qurol xarid qilishni mo‘ljallagan edi.
Marokash xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, 2 mingga yaqin marokashlik IShID safida Suriya va Iroqda jang qilmoqda. Ulardan 200 nafari vataniga qaytgach, hibsga olingan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)