Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning 14—16-mart kunlari Project Hope loyihasi Qozog‘iston filiali tomonidan OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish bo‘yicha Global Jamg‘armasi (sil kompanenti) ko‘magida Osiyo mamlakatlatlari jurnalistlari uchun media-tur tashkil etildi. Mazkur media-turda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston davlatlarining jurnalistlari ishtirok etmoqda. Bu haqda jurnalist Dilrabo Kuryazova “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad migrantlar o‘rtasida sil kasalligini oldini olish, migrantlarda uchraydigan sil kasalligini davolashga ko‘maklashish hamda mazkur mavzuni Osiyo mamlakatlari OAV orqali keng yoritishdan iborat.

Tadbirning birinchi kunida jurnalistlar o‘z faoliyatlari hamda media-turdan kutilayotgan natijalar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.

Tadbirda Project Hope loyihasi Qozog‘iston filiali mutaxassislari tomonidan migrantlar o‘rtasida sil kasalligini oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida statistik ma’lumotlar taqdimoti tashkil etildi. Shundan keyin media tur ishtirokchilari Qozog‘iston Respublikasining sil kasalliklari milliy-ilmiy Markazi hamda Olmaota shahrida joylashgan tumanlararo silga qarshi dispanseri faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur tibbiyot muassasalarida malakali mutaxassislar tomonidan sil kasalligiga chalingan bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, fitiziator shifokorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy izlanishlar hamda zamonaviy tibbiy xizmatlar xususida batafsil ma’lumot taqdim etildi. Media-tur davomida jurnalistlar bevosita sil kasalligi bilan og‘rigan migrant bemorlar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi.

Mazkur media-turda Osiyo mamlakatlari jurnalistlari uchun silga qarshi kurashish mavzusini yoritish yuzasidan zamonaviy va interaktiv dasturlar o‘rin olgan bo‘lib, tadbir yana ikki kun davom etishi rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi