Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda Qozog‘istonning “NK KTJ” AJ temiryo‘l kompaniyasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ delegatsiyalari uchrashuvi yakunlandi, deb yozadi Kazakhstan Today. Unda avvalroq ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida  Olmaota-Toshkent yo‘nalishida qatnovchi №1/2 xalqaro yo‘lovchi poyezdini ishga tushirish to‘g‘risida erishilgan kelishuvning texnik jihatlari muhokama qilindi.

Foto: “Temirzholy.kz”

Foto: “Temirzholy.kz”

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar imkoniyati cheklangan shaxslar va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslarga mo‘ljallangan o‘rinlar uchun 70 foizlik chegirma taqdim etish; yuk tashish tartibi; №1/2 xalqaro yo‘lovchi poyezdi qatnovining davriyligi haqida kelishib oldi.

Nashr eslatishicha, Navro‘z bayrami arafasida keng kuzovli yangi modifikatsiyadagi “Tulpor-Talgo” vagonlaridan iborat №1/2 xalqaro yo‘lovchi poyezdi Olmaota—Toshkent yo‘nalishida qatnashni boshlaydi.

Poyezd Olmaotadan dushanba va shanba, Toshkentdan seshanba va yakshanba kunlari jo‘naydi. Yo‘lga sarflanadigan vaqt taxminan 16 soat 30 daqiqani tashkil etadi. Qatnov yo‘lidagi to‘xtash joylari: Otar, Chu, Taraz, Chimkent, Sariog‘och va Toshkent.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Sport
Lionel Messi Ronalduning rekordini yangiladi
Mahalliy
Qarshidagi kafelarning birida yong‘in sodir bo‘ldi