“Manchester Yunayted”
“Manchester Yunayted” yevrokuboklarning “Old Trafford”dagi mag‘lubiyatsiz o‘yinlari sonini 15 taga yetkazib oldi. Klub shularning 12 tasida raqiblarini mag‘lub etgan, 3 tasida esa durang o‘ynagan.
“Qizil iblislar” so‘nggi bor 2013-yilning 5-mart sanasida “Old Trafford”dagi xalqaro o‘yinda mag‘lub etilgandi. O‘shanda Manchester shahriga Madridning “Real” klubi tashrif buyurgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytib ketgan.
1/8 final
So‘nggi olti yil davomida yevrokuboklarning 1/8 finalidan keyin qaysidir o‘yin qo‘shimcha daqiqaga qadar yetib borar yoki g‘olibni penaltilar seriyasida aniqlashga to‘g‘ri kelardi. 2017-yilgi mavsum esa bundan mustasno bo‘ldi.Na Chempionlar ligasida va na Yevropa ligasida qo‘shimcha daqiqalar kuzatildi. Barcha bellashuvlarda masala asosiy vaqtda hal qilindi. Bunday hol so‘nggi bor 2011-yilgi mavsumda kuzatilgandi.
“Ayaks”
Shonli “Ayaks” klubining xalqaro maydondagi yurishi so‘nggi 10 yillikda ijobiy bo‘lmadi. Qayd etilishicha, Amsterdam klubi so‘nggi bor 2003-yilgi mavsumda yevrokuboklarning chorak finaliga qadar yetib kelgandi. O‘tgan 14 yil davomida gollandiyaliklar bunga muvaffaq bo‘la olmagan.Yevropa ligasining 1/8 finalida “Ayaks” Daniyaning “Kopengagen” klubi dovonidan o‘tib oldi va 14 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, golland klubi o‘sha 2003-yil Chempionlar ligasining 1/8 finalida “Milan” dovonidan o‘ta olmagandi — 0:0, 2:3.Roho va banan
“Manchester Yunayted” — “Rostov” uchrashuvi vaqtida Joze Mourinyo Eshli Yang orqali Markos Rohoga banan uzatib yubordi. Bu holat jurnalistlar e’tiboridan chetda qolib ketmadi. Chunki bir qator futbol uchrashuvlarida Janubiy Amerika yoki Afrikadan tashrif buyurgan futbolchilarga muxlislar banan otib, bu bilan irqchilik holatlarini ko‘rsatgandi.
Masalan men ko‘p charchayman. Odam toliqqanida organizmi uchun nima kerakligini yaxshi biladi.Rohoning o‘zi banan so‘radi. Buning hech qanday kulguli joyi yo‘q. Futbolchiga hurmat ko‘zi bilan qarash kerak.
Joze Mourinyo, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi
“Yunayted” va jarohatlar
“Manchester Yunayted”ning “Rostov”ga qarshi o‘yini vaqtida asosiy tarkibning ikki futbolchisi jarohatlandi.Pol Pogba ikkinchi bo‘lim boshida “ishdan chiqdi”. Keyinroq uning ishini Maruan Fellaini davom ettirdi. Deyli Blind esa havodagi kurashda jarohat orttirib oldi. Mourinyo uning o‘rniga Fil Jonsni maydonga tushirdi.
Jarohat olgan futbolchilarning qachon safga qaytishi ma’lum emas.
Izoh (0)