Qozonning Kaban ko‘lida oqqush qor erishi natijasida suvni ifloslantirgan chiqindilarni olib tashlayotgani mahalliy aholi tomonidan videoga olindi. Bu rolikka Kazanfirst nashri e’tibor qaratdi, deya xabar beradi TJournal.
Nashr muxbirlarining qayd etishicha, Qozon ma’muriyati 2015-yilda ushbu ko‘lga bir necha oqqushlarni olib kelgan. Mahalliy OAV shundan beri muntazam ravishda ularning turmushi haqida xabarlar tayyorlaydi.
Video ostida ba’zi foydalanuvchilar oqqushlarning odamlardan ko‘ra sarishtaroq ekani haqida hazil aralash izohlar qoldirgan. Foydalanuvchilardan biri esa urg‘ochi oqqushning xatti-harakatini uya “qurish” harakati bilan izohlagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)