O‘zbekiston futbol klublari 2017-yilgi mavsumning birinchi davrasi uchun 30 nafar xorijlik futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi, deb ma’lumot berdi “Championat.asia” nashri.
Toshkentning “Obod”, Bekobodning “Metallurg” hamda Jizzaxning “So‘g‘diyona” klublari birorta ham legioner futbolchi bilan kelishuvga erishmagan va faoliyatini mahalliy futbolchilar hisobidan davom ettirmoqda. “Olmaliq” esa aksincha, belgilab berilgan 3+1 limitidan to‘liq foydalangan yagona klub bo‘lgan.
Legionerlarning eng ko‘pi Serbiyadan tashrif buyurdi — 7 nafar. Bu ko‘rsatkich Belorussiyada 5, Ukrainada 4, Kot-d’Ivuar, Gruziya, Moldova hamda Xorvatiyada 2 nafarni tashkil qiladi. Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya va Chernogoriyadan esa 1 tadan futbolchi O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Legionerlar ro‘yxati
“Lokomotiv”Muhammad Kone, Kot-d’IvuarKaxi Maxaradze, GruziyaGnoxere Krizo, Kot-d’Ivuar“Bunyodkor”Dushan Michich, SerbiyaVadim Chemirtan, Moldova
“Nasaf”Igor Golban, RossiyaDragan Cheran, Serbiya
“Buxoro”Vladimir Bayenko, UkrainaKirill Pasichnik, Qozog‘istonIvor Veyser, Xorvatiya
“Paxtakor”Yuritsa Bulyat, XorvatiyaAdnan Oraxovats, Chernogoriya
“Qizilqum”Artur Gevorkyan, TurkmanistonAndrey Derkach, Ukraina
“Mash’al”Igor Timanyuk, BelarusUmid Sharipov, TojikistonVladislav Pavlenko, Ukraina
“Sho‘rtan”Aleksandr Pishchur, Ukraina
“Neftchi”Sergey Konsevoy, BelarusTerentiy Lutsevich, BelarusDmitriy Komarovskiy, Belarus
“Qo‘qon-1912”Darko Gojkovich SerbiyaFilipp Rayevas Serbiya
“Olmaliq”Vladislav Kosminin, BelarusShota Grigalashvili, GruziyaIgor Yelich, SerbiyaFarxat Musabekov, Qirg‘iziston
“Navbahor”Darko Stanoyevich, SerbiyaNemanya Yovanovich, Serbiya
“Dinamo”Radu Rogak, Moldova
Izoh (0)