Xokkey bo‘yicha Norvegiya chempionati doirasidagi “Storxamar” va “Sparta” o‘rtasidagi uchrashuv 8,5 soat davom etdi. Mazkur natija xokkey o‘yinining davomiyligi bo‘yicha yangi jahon rekordi sifatida qayd etildi, deb xabar bermoqda Meduza.
Jamoalar maydonda 217 daqiqa o‘tkazdi – bu 11 ta davr (bo‘lim) deganidir! Yakshanba kuni kechgi payt boshlangan o‘yin dushanba kuni tungi 03:00 larda tugadi. “Storxamar” 8-overtaymda gol urib, 2:1 hisobida zafar quchdi.
Buni hech qachon unutmaymiz. Har ikki jamoaga ajoyib tajriba uchun tashakkur.Uchrashuv yakunlanishiga qadar qancha muxlis tribunani takr etganiga aniqlik kiritilmagan.“Storxamar” xokkey klubi
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)