Toshkent shahrining Bektemir tumanida noma’lum ayol “Qo‘yliq” avtobuslar shoh bekatida Mirobod tumanida yashovchi 1993-yilda tug‘ilgan ayolning plastik kartochkalaridagi pul mablag‘ini naqd qilib bera olishini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Shundan so‘ng ayol hisobida 19 million va 42 million so‘m bo‘lgan ikkita plastik kartochkani olib, olti million so‘mini naqdlashtirib berib, qolgan 55 million so‘mini firibgarlik yo‘li bilan olib ketdi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida ushbu firibgarlik jinoyatini Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlandi va u ushlandi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)