Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasini ham borib ko‘rdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi zamonaviy binoda ish boshladi.
Davlat rahbarining “Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir”, degan so‘zlari qabulxonaga kiraverishda yozib qo‘yilgan.
Bu yerda jismoniy va yuridik shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Qabulxona huquqiy adabiyotlar, zarur ma’lumotlar va axborot texnologiyalari bilan ta’minlangan.
Buxoro shahri Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi, 26-uyda joylashgan qabulxona xalq bilan ochiq muloqot olib borish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashga tayyor. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)