Jizzax viloyatidagi 169 ta qishloq vrachlik punkt (QVP)larining 114 tasida maqbullashtirish ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, QVPlarning 88 tasi faoliyati tugatilib, ular o‘rnida 26 ta poliklinika, 23 ta tez tibbiy yordam shoxobchasi ishga tushiriladi.
Tugatilayotgan QVPlarning 44 tasi shifokorlar uchun turar joyga aylantiriladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)