Shveysariyaning Bazel shahridagi kafe tashrifchilariga hujum uyushtirilishi natijasida ikki kishi halok bo‘lib, bir kishi jarohat oldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Shveysariya politsiyasining ma’lum qilishicha, 9-mart kuni kechki payt ikki jinoyatchi kafega kirib, tashrif buyurganlarga qarab o‘q uzgan.
Hujumdan maqsad nima bo‘lganligiga hozircha oydinlik kiritilmadi. Hukumat bu terroristik akt ekanligi haqidagi fikrni rad etmoqda.
Voqea sodir bo‘lgan kafe avval narkotrafik bilan shug‘ullanuvchilar bilan bog‘liq bo‘lgani, biroq bir necha yil oldin kafe egalari o‘zgarib, muassasa obro‘si yaxshilangani ma’lum qilindi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)