Buxoro shahrining G‘ijduvon, Bahovuddin Naqshband, Ibn Sino, Navoiy ko‘chalarida 57 ta ko‘p qavatli uy quriladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“2017—2021-yillarda barpo etiladigan 5, 6, 7 qavatdan iborat bu turar-joylar aholini arzon va zamonaviy uylar bilan ta’minlash, turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi”, — deyiladi O‘zA axborotida.
Xabar berishlaricha, Buxoro viloyatida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur ko‘p qavatli uylarning loyihalari bilan tanishgan.
Mavzuga doir:— “Ko‘cha Islom Karimov nomiga munosib bo‘lishi zarur”. Buxoroda Islom Karimov ko‘chasining qiyofasini o‘zgartirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi— Buxoroning tarixiy qismida hunarmandlar mavzesi paydo bo‘ladi. Ustalar uchun ikki qavatli uylar quriladi
Izoh (0)