Zimbabveda yuk mashinasining mikroavtobusga urilishi natijasida motam marosimiga ketayotgan 14 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda The Chronicle nashri xabar berdi.
Nashrning xabar berishicha, halokatga uchraganlarning barchasi bir oila a’zolari bo‘lgan. Ular Masvingo shahriga motam marosimiga ketayotgan edi. Halokat 8-mart kuni mahalliy vaqt bilan, taxminan, kech soat 22:00 da yuz bergan. YTH sababi aniqlanmagan, biroq guvohlardan birining ko‘rsatmalariga ko‘ra, yuk mashinasi mikroavtobusga urilganidan so‘ng chuqurga tushib ketgan.
Favqulodda vaziyatlar xizmati vakilining ma’lumot berishicha, 13 kishi hodisa joyida halok bo‘lgan, omon qolgan besh kishi kasalxonaga jo‘natilgan. Ulardan biri keyinroq kasalxonada vafot etgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)