KXDR yangi yadro sinoviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Amerikaning 38 North tahliliy portali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Portal mutaxassislari mamlakat shimolidagi Pungyo-ri uyezdida joylashgan poligonning sun’iy yo‘ldosh orqali olingan oxirgi suratlarini tahlil qilib chiqdi.
“Suratlarda qo‘mondonlik markazi va ma’muriy binolardagi yuqori faollikni payqash mumkin. Bu esa Shimol yangi, hisob bo‘yicha oltinchi sinovga tayyorgarlik ko‘rishni davom ettirayotganligini taxmin qilish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.
Mutaxassislar tunnel yerosti atom portlashini o‘tkazishga tayyor va u istalgan vaqtda o‘tkazilishi mumkinligi haqidagi xulosaga keldi.
Izoh (0)