Surxondaryo viloyatida 2017-yilda tashkil etilishi rejalashtirilgan 51 ming 471 yangi ish o‘rnining 15 ming 420 dan ortig‘i xotin-qizlarga mo‘ljallangan, deb xabar beradi O‘zA.
“2017-yilning o‘tgan davrida xotin-qizlar uchun 1500 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. Kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni, sanoat, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish, shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda barpo etilgan ish o‘rinlarida xotin-qizlarning munosib mehnat qilishi uchun barcha sharoit yaratilgan, – dedi viloyat mehnat bosh boshqarmasi boshlig‘i Abdusalom Xo‘jaqulov.
Xabar berishlaricha, hududlarda tashkil etilayotgan mehnat yarmarkalarida ham xotin-qizlar ish bilan ta’minlanmoqda. Ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarga kasbga tayyorlash xizmati ko‘rsatilmoqda.
Masalan, Termiz shahar obodonlashtirish boshqarmasida yaratilgan yangi ish o‘rinlariga 100 dan ortiq fuqaro ishga qabul qilindi. Qayd etishlaricha, ularning 60 dan ortig‘i xotin-qizlardir.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)