Seul Pxenyan tomonidan to‘rtta raketa uchirilgandan so‘ng Amerika raketaga qarshi mudofaa tizimi joylashtirilishini tezda yakunlashi lozim. Bu haqda Koreya Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Xvan Ge An Milliy xavfsizlik kengashi majlisida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
“Biz THAAD’ni joylashtirish jarayonini tezda yakunlashimiz va Shimoliy Koreya yadroviy raketalaridan himoya tizimiga ega bo‘lishimiz zarur”, — deydi Xvan Ge An.
Avvalroq, 6-mart kuni Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi KXDR tomonidan noma’lum raketalar uchirilganligini ma’lum qilgan edi. Keyinroq, shu kunning o‘zida, Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga yaponiyalik harbiylar Shimoliy Koreya tomonidan to‘rtta raketa uchirilganligini qayd etganligi haqida xabar berdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)