Xitoy mamlakatning ma’muriy tumani hisoblanadigan Gonkong bilan munosabatlarda “bir davlat — ikki tizim” tamoyiliga amal qilishda davom etadi. Bu haqda Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Biz “bir davlat — ikki tizim” tamoyiliga har tomonlama va aniq amal qilishda davom etamiz. Bunda o‘z-o‘zini boshqarishning yuqori darajasi, ya’ni Gonkongni mahalliy aholining o‘zi boshqarishi nazarda tutiladi.Shu bilan birga, Xitoy hukumati rahbari “Gonkong mustaqilligi” to‘g‘risidagi shiorning istiqboli yo‘q ekanligini bildirdi.Li Ketsyan, Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri
Ma’lumot uchun, Gonkong 1997-yilda Buyuk Britaniyadan Xitoyga qaytarib berilgan.
Izoh (0)