Britaniya parlamentining Lordlar palatasi (yuqori palata) hukumatdan Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi yevropaliklarning huquqlari kafolatlarini talab qilib, Brexit’ni kuchga kirishi haqidagi qonun loyihasiga tuzatish kiritishni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Telegraph nashri xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Bu bilan parlamentariylar qonun loyihasini parlament orqali o‘tishini to‘xtatib qo‘ydi.
Qonun loyihasiga tuzatish kiritish uchun Lordlar palatasining 358 nafar a’zosi ovoz berdi, 256 nafari esa qarshi ovoz berdi. Tuzatish Buyuk Britaniyada yashovchi Yevropa Ittifoqi fuqarolari va ularning oilalari parlament tomonidan Yevropa Ittifoqidan chiqish haqidagi qonun loyihasining qabul qilinishi bilan qonuniy asoslarda xuddi avvalgidek huquqlarga ega bo‘lishini ko‘zda tutadi.
Endi Quyi palata tegishli tuzatish uchun qayta ovoz berishi lozim bo‘lib, bu qonun loyihasini qabul qilish jarayonini kechiktiradi.
Izoh (0)