Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti Salohiddin Yunusov oshqovoq poyalarida bodring yetishtirdi, deb xabar beradi O‘zA.
Bodring qovoqgullilar oilasiga mansub bir yillik ekin, qovoq esa nisbatan qurg‘oqchilikka va kasalliklarga chidamli bo‘lganligi tufayli ularni payvandlash mumkin. Bunda qovoqning bir qancha nav namunalari va bodringning O‘zbekiston-740 navi o‘rganildi.Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Samar agro zavod” kompaniyasi rahbari Bahodir Ahmedov o‘tgan yili ekilgan mana shu payvandlangan bodring ko‘chatidan bir gektardan 35 tonna hosil olinganini ma’lum qildi.Salohiddin Yunusov, Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti
Ilgari oddiy usulda bodring yetishtirib, gektariga 20—25 tonna hosil olardik. Ba’zida poyasi tez sarg‘ayib, kasallanishi oqibatida yana ham kam hosil bo‘lardi. Bu bodring poyasi yozning issig‘iga chidamli, yuqori hosildorligi, mazali ta’mi hamda uzoq muddatgacha yaxshi saqlanishi bilan bizga ma’qul bo‘ldi. 2017-yilda 3 gektarda payvandlangan bodring ekamiz. Hozirdanoq ko‘plab zavodlar bilan shartnomalar imzolaganmiz.Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti kasalliklarga chidamli, mahalliy iqlim sharoitiga mos, serhosil, ertapishar navlarni yaratish va resurstejamkor yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish olimlar faoliyatining asosini tashkil etayotganini qayd etdi.Bahodir Ahmedov, “Samar agro zavod” kompaniyasi rahbari
“Keyingi yillarda universitetimiz olimlari bodringning ochiq maydon uchun oltita, himoyalangan maydonda yetishtirish uchun to‘rtta yangi navini yaratdi”, — dedi Salohiddin Yunusov.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)