1-mart kuni O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavallud kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Zulfiya haykali poyida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.
Xabar berishlaricha, tadbir Toshkent shahar hokimligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda shoiraning Vatan, bahor, ayollarni, beg‘ubor insoniy tuyg‘ularni tarannum etuvchi she’rlaridan namunalar yangradi. Shoira so‘zi bilan kuylanuvchi qo‘shiqlar ijro etildi. Ijodkor haykali poyiga gullar qo‘yildi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga munosib bo‘lish yurtimizdagi barcha qizlarning orzusi. Xalqimizga, Vatanimizga, yurtimizning ardoqli shoirasi nomiga munosib bo‘lish bizning burchimiz.Tadbirda O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva so‘zga chiqdi.Farida Toshpo‘latova, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)