Britaniya parlamenti Quyi palatasining eng keksa a’zosi Jerald Kaufman 86 yoshida olamdan o‘tdi. Tegishli bayonot marhum oilasining rasmiy vakili tomonidan 26-fevral, yakshanba kuni ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
Kaufman 1970-yildan buyon Shimoli-g‘arbiy Angliyada leyboristlar partiyasidan parlament a’zosi bo‘lib kelgan. 2015-yilda u Quyi palataning eng keksa deputati bo‘ldi.
“U hayot va siyosatni yaxshi ko‘rar edi. Men uni juda qo‘msayman”, — deydi leyboristik partiya yetakchisi Jeremi Korbin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)