Indoneziyaning Bandung shahri Arjuna tumani ma’muriy binosi 27-fevral, dushanba kuni noma’lum shaxs tomonidan egallab olindi. Binoda portlash ovozi eshitilgan, deb yozadi “Interfaks”.
Mahalliy OAVlarining ma’lum qilishicha, politsiya hodisa vaziyatlarini surishtirmoqda.
Bir-biriga qarama-qarshi ma’lumotlarga qaraganda, noma’lum shaxs ba’zi mahbuslarning ozod etilishini talab qilgan yoki talab qilishda davom etmoqda. Uning taqdiri haqida hech narsa ma’lum qilinmadi.
OAVlarining ta’kidlashicha, bino hududida otishma ovozlari eshitilgan, bosqinchi esa ikkinchi qavatda yashirinmoqda.
Qurbonlar, jabrlangan va garovga olinganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)