O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining virtual qabulxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Federatsiya portali.
Mazkur virtual qabulxona jismoniy va yuridik shaxslarning ijtimoiy mehnat sohasidagi ariza, shikoyat yoki takliflarini qabul qilish tartibini yanada soddalashtirish imkonini beradi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining virtual qabulxonasiga ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlar va mehnat sohasidagi huquqlar himoyasiga oid masalalar yuzasidan murojaat qilish mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, 2016-yil davomida kasaba uyushmalari tomonidan jami 7805 ta (shundan 579 ta elektron) murojaat ko‘rib chiqilib, 1688 nafar xodimning qonuniy huquq va manfaatlari tiklandi. Ish beruvchilar tomonidan yetkazilgan 1 milliard 499 million 810 ming so‘m miqdoridagi zarar fuqarolar foydasiga undirilishi ta’minlandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)