Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mayda bo‘lib o‘tadigan mamlakat prezidenti lavozimi uchun saylovda ishtirok etishga qaror qildi. Bu haqda parlament ishlari bo‘yicha vitse-prezident Husaynali Amiriy ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Hozircha prezident Hasan Ruhoniy saylovda o‘z nomzodini ilgari surishi haqida rasman e’lon qilmadi.Eron islom respublikasi tarixida 12-bor o‘tkaziladigan navbatdagi prezidentlik saylovi joriy yilning 19-may kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘tgan hafta saylovda ishtirok etuvchi birinchi nomzodning nomi ma’lum bo‘ldi. Sobiq prezident Mahmud Ahmadinajod ma’muriyatida vitse-prezident vazifasini bajargan Hamid Rizo Bagai saylovda ishtirok etishi xabar qilindi.
Saylovga nomzodlarni ilgari surish jarayoni 15-aprel kuni yakunlanadi.
Avvalroq saylovda ishtirok etish niyati yo‘qligini qator siyosatchilar, xususan, Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif, vitse-prezident va Atom energiyasi bo‘yicha tashkilot rahbari Ali Akbar Solihiy, parlament spikeri Ali Larijoniy hamda 2005—2013-yillar Eron rahbari bo‘lgan Mahmud Ahmadinajod ma’lum qilgan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)