Xitoyning Nanchan shahridagi mehmonxonalardan birida yuz bergan yong‘in oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 14 nafari jabrlandi. Bu haqda ECNS’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, yong‘in ikkinchi qavatda, ta’mirlash ishlari vaqtida sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishidan kelib chiqqan.
Guvohlarning aytishicha, olovdan qutulmoqchi bo‘lgan bir kishi mehmonxona oynasidan o‘zini tashladi. Binodan jami 260 kishi evakuatsiya qilindi.
Qutqaruv ishlarida 160 nafardan ortiq favqulodda vaziyatlar xizmati vakillari hamda 19 ta o‘t o‘chirish mashinasi ishtirok etmoqda. Hodisa yuzasidan olib borilayotgan surishtiruv ishlarida 7 kishi qo‘lga olindi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)