Yevropa klublarining nufuzi jihatdan ikkinchi raqamli klublar musobaqasi bo‘lgan Yevropa ligasining nimchorak final bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Chempionlik uchun asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilayotgan Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi unga ko‘ra Rossiyaning “Rostov” futbol klubiga raqib bo‘ldi. Eronlik futbolchi Sardor Azmun Chempionlar ligasida “Bavariya” va “Atletiko” darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Endi u Joze Mourinyo jamoasi postiga yo‘l topish uchun harakat qiladi.
Rimning “Roma” klubi 1/16 finaldayoq jiddiy raqibga duch kelib, Ispaniyaning “Vilyarreal” klubiga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygandi. Luchanno Spalleti jamoasini oldinda yana bir murakkab raqib — “Lion” kutib turibdi. Lionliklar avvalgi bosqichda 2 ta o‘yinda jami 11 ta gol urishning uddasidan chiqa olgandi.
Shuningdek, Ukrainaning “Shaxtyor” klubini turnirdan chiqarib yuborgan “Selta” endi Rossiyaning “Krasnodar”i bilan hisob-kitob qiladi. Belgiya va Germaniyaning ikki klubi ham chorak final yo‘lida to‘qnash keladi.
Yevropa ligasi 1/8 final 9-mart, payshanba
“Selta” (Ispaniya) — “Krasnodar” (Rossiya)“APOEL” (Kipr) — “Anderlext” (Belgiya)“Shalke” (Germaniya) — “Borussiya Myonxengladbax” (Germaniya)“Lion” (Fransiya) — “Roma” (Italiya)“Rostov” (Rossiya) — “Manchester Yunayted” (Angliya)“Olimpiakos” (Gresiya) — “Beshiktosh” (Turkiya)“Gent” (Belgiya) — “Genk” (Belgiya)“Kopengagen” (Daniya) — “Ayaks” (Gollandiya)
Izoh (0)