Toshkent shahri Olmazor tumani ichki ishlar bo‘limiga 20-fevral kuni kech soat 22:30 da 159-maktabning 2-sinfida o‘qiydigan qizning ota-onasidan ariza tushdi. Unda noma’lum shaxs qizning nomusiga tegishga uringani ma’lum qilingan, deb xabar beradi “Novosti Uzbekistana”.
“Noma’lum erkak qizaloqni o‘z velosipediga o‘tkazib, Sebzor dahasidagi to‘qqiz qavatli uylardan biriga qarab yo‘l olgan. U qizni cherdakka olib chiqib, devorga tirab, yechintira boshlagan. Shu vaqt qizcha otasi militsiyada ishlashini aytib, baqirgan. Erkak, aftidan, qo‘rqqanidan qizni tashlab qochgan”, — dedi ichki ishlar xodimlari.
21-fevral kuni Qoraqamish dahasida tartibni saqlash xodimlari tomonidan “Tuzoq” operatsiyasi o‘tkazilgan. Soat 18:30 larda Olmazor tumanidagi “A’lo” restorani yaqinida shubhali shaxs qo‘lga olindi. Taxmin qilinganidek, u velosipedda bo‘lgan.
Tekshiruv natijasida u 1984-yilda tug‘ilgan, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro bo‘lib chiqqan. So‘roq vaqtida aynan shu shaxs bir kun avval Sebzorda 2-sinf o‘quvchisini zo‘rlashga uringani aniqlangan.
“Ayblanuvchi bo‘yicha zarur hujjatlar to‘planib, Olmazor tuman ichki ishlar bo‘limiga topshirilgan”, — deyiladi “Novosti Uzbekistana” xabarida.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)