YuNISEF to‘rtta mamlakat — Janubiy Sudan, Nigeriya, Somali va Yamanda 1,4 million bola ochlikdan halok bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda BFMTV nashri ma’lum qildi.
Ekspertlar xulosalariga ko‘ra, Yamanda to‘yib ovqat yemaslikdan 462 ming, Nigeriyada esa 450 ming bola aziyat chekmoqda.
Somalida qurg‘oqchilik tufayli 185 ming bola ochlikdan halok bo‘lish yoqasida, bir necha oydan so‘ng ularning soni 270 mingga yetishi mumkin. Yana shuncha bola Janubiy Sudanda ochlikdan aziyat chekmoqda.
YuNISEF ijrochi direktori Entoni Layk fojianing oldini olish uchun zudlik bilan vaziyatga aralashish zarurligini bildirdi. “Biz ulardan ko‘pchiligini hali qutqara olamiz”, — dedi u.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)