Qizil Yarim oy jamiyati Liviyaning Az-Zaviya shahri sohillaridan birida 74 qochoqning jasadi topilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar Markaziy va G‘arbiy Afrika davlatlaridan bo‘lgan. Qurbonlarning uch nafari ayol kishi ekanligi xabar qilindi.
Avvalroq 2016-yilning dastlabki to‘qqiz oyi davomida O‘rtayer dengizida 2 500 dan ziyod muhojir cho‘kib ketgani haqida xabar berilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)