Xitoyning Chjetszyan provinsiyasida yashovchi 94 yoshli ayol internetda kung-fu bilan shug‘ullanishi haqida xabar tarqalgach, mashhur bo‘lib ketdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Chjan Xesyan ushbu jang san’ati bilan 4 yoshida qiziqqan va ulg‘ayganidan keyin Ninbo shahrida qolganlarga ham dars o‘tdi. Hozirgi kunda pensioner har kuni sport bilan shug‘ullanadi, qurol sifatida esa yog‘och tayoqni ishlatadi.
“Kung-fu buvi” o‘z o‘g‘li bilan mashg‘ulotlar o‘tkazadi, shuningdek, evarasiga ham dars beradi. Xesyan yaxshi jismoniy holatda bo‘lib turibdi va salomatligidan shikoyat qilmaydi.
Qayd etilishicha, mahalliy aholi 94 yoshli buvini “ritsar-ayol” deb ataydi. Ayolning aytishicha, yoshligida u xotinini urayotgan erkakni ko‘kragiga bitta zarba berish orqali to‘xtatib qolgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)