Belgiyaning sobiq qiroli 82 yoshli Albert II 21-fevral kuni uning benikoh tug‘ilgan qizi ekanlikda taxmin qilinayotgan 48 yoshli Delfina Boelning otasi ekanligini o‘rnatish bilan bog‘liq ish bo‘yicha sud qilinadi. Yopiq shakldagi sud 21-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Albert II 2013-yil 21-iyul kuni taxtdan voz kechib, vorisi etib katta o‘g‘li Filippni tayinlagan. Taxtdan ketish natijasida Albert II o‘zining sud qilinmaslik immunitetini ham yo‘qotdi.
Delfina Boel, o‘z navbatida, Albert II otasi ekanligini isbotlash uchun DNK testini o‘tkazishni va qirolning benikoh qizi deb rasman tan olinishini talab qilmoqda. Delfina shunday deb tan olingan taqdirda u merosning ma’lum bir qismiga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritadi, biroq qirollik oilasi a’zosi bo‘la olmaydi.
Qirollik qasri rasmiy axborotiga binoan Albert II ning shaxsiy moliyaviy ahvoli 12,4 million yevroga teng. Biroq mahalliy OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, qirolning umumiy mablag‘i 25 milliondan 1 milliarda yevrogacha bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Belgiya monarxining benikoh tug‘ilgan qizi haqidagi ilk axborot 1999-yil paydo bo‘lgan. U vaqtda qirol Albert II turmush o‘rtog‘i Paola bilan nikohi “1960-yillar oxirida jiddiy inqirozga yuz tutganini” aytib, benikoh farzandi bo‘lishi mumkinligini bilvosita tasdiqlagan. Bundan tashqari, 1960-yillar oxirida Albert II qirol bo‘lishi mumkinligini o‘ylab ham ko‘rmagan Lyej shahzodasi bo‘lgani qayd etilgan.
1993-yil Belgiya qiroli bo‘lgan Albert II ning akasi Boduen farzandsiz vafot etgach, taxt Albert II ga meros qolgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)