20-fevral tongida Saratov—Nijniy Novgorod trassasida Kia va Nissan avtomobillarining to‘qnashuvi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kia haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va Nissan’ga urilgan. Oqibatda Kia haydovchisi va to‘rt nafar yo‘lovchisi hodisa joyida tez yordam yetib kelgunga qadar halok bo‘ldi. Nissan haydovchisi ham voqea joyida qurbon bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lganlar orasida voyaga yetmagan fuqarolar yo‘q.
Izoh (0)